ᅠᅠ

ᅠᅠ

1R.MEDIA
JENNER VA PASTER VAKSINATSIYA
1796-yil 14-may oyida, nafaqat tibbiyotda balki barcha biologik fanlar yoʻnalishida yangi hodisa sodir boʻldi. Ingliz tibbiyot xodimi Eduard Jenner vrachlar komissiyasiga oʻzini tanishtirib, ularga 8 yoshlik bolani tanishtirdi va uning qoʻl terisini ozgina kesib, unga sigir sogʻa turib yuqtirgan sigir qora chechagi kasalligiga chalingan ayol qoʻllarining panjasidan olingan shishachadagi suyuqlikdan olib oʻtkazdi. Bir necha kundan keyin bolaning kesilgan qoʻlida uncha katta boʻlmagan yara paydo boʻldi, bolaning harorati oshdi va tanasi qaltiray boshladi. Bir qancha vaqt oʻtib, yara qurib tushdi va qoʻlda uncha katta boʻlmagan chandiq paydo boʻldi. Bola butunlay tuzalib ketdi.
Bir oydan keyin Jenner yana-da kattaroq tavakkal qildi. U bolani tabiiy qora chechak hisoblangan, qoʻrqinchli kasallik yiringidan teri tagiga yubordi. Bunday holatda inson bunday ogʻir kasallikdan oʻlishi lozim edi. Uning terisi bir qancha natijada pufakchalar bilan oʻralib, 20-30% holatlarda insonlar oʻlishi mumkin boʻlgan holatda omon qoldi. Jennerning buyuk kashfiyoti bolani kasallikka chalinishiga yoʻl qoʻymadi va Jenner shunday yoʻl tutdiki, uning mijozi tabiiy chisplardan oʻlmasligi va ushbu turdagi qanday kasallik tarqalmasin uning mijoziga taʼsir qilmasligi aniq edi. Buyuk kashfiyotchining ishonchi oqlandi. Bola kasallanmadi. Birinchi bola yuqumli kasalliklarning yengil formasidan kasallanishi mumkin boʻlishi isbotlandi, ammo u sogʻayib ketganida tabiiy qora chechak kabi xavfli kasallikdan himoyalanishi mumkinligi namoyon boʻldi. Yuqumli kasalliklarni oʻziga yaqinlashtirmaslik boʻyicha yuzaga kelgan bunday holat “immunitet” (ingliz tilidan yuqtirmaslik) deya nom oldi.
Sigir chechagi kabi tabiiy qoʻzgʻatuvchilar ham, hattoki tabiiy qora chechaklar oʻsha vaqtda hattoki maʼlum emas edi, bundan tashqari, Jenner tomonidan taklif etilgan qora chechakka qarshi emlanish uslubi vaksinatsiya (lotin tilidan olingan boʻlib, vaccus-sigir) deya nom oldi va juda tez tarqalib ketdi. Shunday qilib, Londonda 1800-yilda 16 ming aholi, 1801-yilda esa 60 ming aholi vaksinatsiya qilindi.
Vaqt oʻtishi bilan chechak kasalligi ommaviy tus oldi va barcha mamlakatlar va mintaqalarda keng tarqaldi. Biroq, immunitetni shakllantiruvchi mexanizmlarning oʻrganilib borilishi, yaʼni immunologiya faqatgina XIX asr oxirlariga kelib, hayvon va insonlardagi yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi bakteriyalarning kashf qilinganidan keyin yuzaga keldi. Agar laboratoriya mikrobning patogen xususiyatlarini zaiflashtirsa, u infeksiyadan himoya qiluvchi vosita ekanligini birinchi boʻlib isbotlagan buyuk fransuz mikrobiologi Lui Pasterning bajargan ishlari immunologiyaning yuzaga kelishiga va rivojlanishiga turtki boʻldi. 1880-yilda u zaiflashtirilgan qoʻzgʻatuvchilar orqali tovuq vabosiga qarshi profilaktik immunizatsiya imkoniyatini isbotladi, 1881-yilda esa sibir yazvasiga qarshi sigirlarni immunizatsiya qilish boʻyicha olamshumul tajribani yuzaga keltirdi. Ammo Paster haqiqiy kashfiyotini 1885-yil 6-iyulda oʻlimga olib boruvchi quturish kasalligini, yaʼni quturgan kuchuk tishlagan bolani zaiflashtirilgan qoʻzgʻatuvchilar bilan emladi. Bola tirik qoldi.
Eng qizigʻi, sibir yazvasi va tovuq vabosidan quturish kasalligi qoʻzgʻatuvchilarining farqini olimning oʻzi ham tushunib yetmas edi, ammo u oʻz hamkasblari bilan uy quyoni miyasidagi ushbu qoʻzgʻatuvchilarni qoʻshib, keyin oʻlgan quyon miyasini quritgan va bir qancha vaqt saqlab turilgandan keyin uni zaiflashtirilgan qoʻzgʻatuvchilar qilishga erishganlar. Jennerning xizmatlarini qadrlagan holda, Paster ham quturishdan himoya qilish uslubini vaksinatsiya deya atay boshladi. Hozirgacha yuqumli kasalliklarga qarshi profilaktik emlanuvchi barcha kasalliklar vaksinatsiya deb ataladi, preparatlar esa vaksinalar deyiladi.
1890-yilda Bering va Kitasto muhim kashfiyotni amalga oshirdi. Ular difteriya va qoqshol toksinlaridan immunizatsiyalangandan keyin hayvonlar qonida kasallikni oʻzini bartaraf etuvchi omillar paydo boʻlishini aniqladilar. Toksinni zararsizlantiruvchi moddalar, antitoksin deb nomlandi, keyinroq “antitelo” umumiy termini sifatida yuritila boshladi, ushbu antitelalarning paydo boʻlishi antigen deb nomlandi.
Tayyorladi: Imomov Xurshid

Report Page