ᅠᅠ

ᅠᅠ

1R.MEDIA
MAYKL FARADEY
Maykl Faradey (1791 – 1867) Oʻzi oʻqib yetishgan buyuk olim – elektr va magnit maydonlar toʻgʻrisidagi taʼlimot asoschisi boʻlgan insonni shunday, deb atash mumkin. Maykl Faradey muntazam ravishda oʻqiy olmadi. Londonlik temirchining oʻgʻli, muqovasozning shogirdi boʻlgan Faradey faqat boshlangʻich maktabni tugatib, soʻngra butun umri boʻyi mustaqil oʻqish bilan shugʻullandi. Qirollik institutida ingliz kimyogar olimi G. Devining ochiq leksiyalariga qatnashib, Faradey oʻzini fanga bagʻishlashga qaror qildi. 1813-yilda G. Devi M. Faradeyning iltimosiga koʻra uni Qirollik institutiga ishga oldi; 1827-yilda esa M. Faradey shu institutning professori boʻldi. 1824-yilda u London qirollik jamiyatiga saylandi. Uning ximiyaga oid dastlabki ishlari Yevropa olimlarining diqqatini oʻziga jalb etdi. Biroq fizika sohasidagi ishlari, aniqrogʻi, elektr va magnetizm sohasidagi ishlari Faradeyga olamshumul shuhrat keltirdi. 1821-yilda u dunyoda birinchi elektr dvigatelni yasadi. Oʻsha paytdayoq Faradey oʻzining kundaligiga oʻz oldiga qoʻygan masalani yozib qoʻygan edi: “Magnetizmni elektrga aylantirish”. Bu masalani hal qilishga 10 yilcha vaqt ketdi. Faqat 1831-yildagina Faradey “Elektr boʻyicha eksperimental tadqiqotlar”ni nashr qila boshladi. Oʻzining bu uch tomlik asosiy ilmiy ishida olim oʻzi oʻtkazgan tajribalarga asoslanib elektromagnit induksiya hodisasining kashf etilishini bayon etdi, uni qutbiy dinamomashina – birinchi elektr toki generatori konstruksiyasini tavsiflab berdi. Soʻngra Faradey elektrolizning asosiy qonunlarini ochdi, ular yangi fan sohasi – elektroximiyaning asosi boʻlib qoldi. Va nihoyat, fanda yangi gʻoya – kuch chiziqlari gʻoyasi, soʻngra elektromagnit maydonlarni kashf qildi. Keyinchalik maydonlarning mavjudligi gʻoyasini J. K. Maksvell matematik jihatdan isbotladi. 1845-yilda Faradey turli materiallarning magnit xossalarini tekshirib, paramagnetizm va diamagnetizm hodisasini kashf qildi (q. Magnetizm). F. Engels Faradeyni elektr sohasidagi buyuk tadqiqotchi sifatida baholagan edi.
Tayyorladi: Imomov Xurshid

Report Page