ᅠᅠ

ᅠᅠ

1R.MEDIA

DRIS ALAYHISSALOM

Qurʼoni Karimda zikr qilingan paygʻambarlarning Odam atodan keyingi eng qadimgilari Idris alayhissalomdirlar. Alloh taolo u zot haqlarida marhamat qilib quyidagilarni aytadi: “Va kitobda Idrisni esla. Albatta, u siddiq va Nabiy boʻlgan edi. Va uni oliy maqomga koʻtardik”. (“Mariyam” surasi 56-57 oyatlar). Shuningdek: “Va Ismoil, Idris va Zul-kiflni esla. Ularning har biri sabr qilguvchilardandir. Va ularni Oʻz rahmatimizga kiritdik. Albatta, ular solihlardandir”, deydi. (“Anbiyo” surasi 85-86 oyatlar).
Qurʼoni Karimda Idris alayhissalom haqlarida bundan boshqa maʼlumot yoʻq. Ushbu zikr etilgan oyati kalimalarda Idris alayhissalomning bir necha sifatlari zikr qilinmoqda: 1-Siddiqlik. 2-Nabiylik. 3-Oliy maqom sohibligi. 4-Sabr qiluvchilik. 5-Allohning rahmatiga kirish. 6-Solihlik.
Tarixchilarning taʼkidlashlaricha Idris alayhissalomning nasablari Odam alayhissalomning oʻgʻillari Shiys alayhissalomga yetib boradi. U kishi otalarining ismi Yorid, bobolarining ismi Mahloil boʻlgan.
Idris alayhissalom Bobilda (xozirgi Iroq yerlari) tavallud topganlar. Avval boshda Shiys alayhissalomda boʻlgan ilmni oʻrganganlar. Ulamolarni taʼkidlashicha odamlarni hidoyatga boshlash, kufrdan qaytarish, zulm amallarini toʻxtatib, Allohga qaytib shariatga muvofiq ish qilishlari uchun Jabroil birinchi boʻlib Idris alayhissalomga vahiy yetkazgan. U zot nabiy boʻlganlaridan keyin kishilarni Odam va Shiys alayhissalomlar shariatiga daʼvat qilganlar. U kishining daʼvatlarini ozchilik qabul qilib koʻpchilik qabul qilmagan. Shunda u zot oʻzlariga ergashganlar bilan Bobilni tark etib hijratga chiqqanlar. U kishi oʻz hijratlari uchun Misrni tanlaganlar. Misrda turgan paytlarida odamlarni yaxshi amallarga targʻibot qilib, yomon ishlardan qaytarganlar. Rivoyat qilinishicha,Idris alayhissalom odamlarni, Allohni ilmini mahkam ushlashga, Allohni yagona deb bilishga, yolgʻiz Allohga ibodat qilishga chaqirganlar.Tarixchilar Idris alayhissalomdan baʼzi hikmatlarni ham keltiradilar: “Dunyoning yaxshisi-hasratdir. Yomoni-nadomatdir”. “Baxtiyor-oʻziga nazar solgan kishidir”. “Sabr iymon ila boʻlsa zafar keltiradi”. Idris alayhissalomning yer yuzidagi istiqomatlari sakson ikki yil boʻlgan. Undan soʻng Alloh taolo u zotni Oʻziga koʻtargan.
Manba 
www.islom.uz
Qurʼoni karim maʼnolarining tarjimasi 2001-yil. Abdulaziz Mansur 
IDRIS ALAYHISSALOM - Audio

IDRIS ALAYHISSALOM - VIDEO

Report Page