ᅠᅠ

ᅠᅠ

1R.MEDIA
Рavoriy Pavel
Apostollar (yun. apostolos — elchi; islomda havoriy — shogird, izdosh maʼnosida) — ilk xristianlikning shakllanish davrida darbadar diniy targʻibotchilar. Apostollar hali ruhoniylar paydo boʻlmagan davrlarda jamoadan jamoaga koʻchib targʻibot yuritib, xristian dinining yoyilishida asosiy rol oʻynaganlar. Keyinchalik yepiskoplar paydo boʻlgach, Apostollar yoʻqolgan. Apostollar nomi faqat Iso a.s. shogirdlari hisoblangan 12 kishidagina (Ioann, Matfey, Pyotr, Pavel, Mark, Iakov, Iuda va b.) saqlanib qolgan. Ularning dinni targʻib qilish maqsadida boshqa xalqlar nomiga yozgan xatlari (poslaniya), shuningdek ularning faoliyati bayon etilgan “Apostollarning qilmishlari” kabi asarlar Bibliya rasmiy kanonining “Yangi ahd” qismiga kiritilgan. Apostollardan Pyotr katolik xristianlari tasavvurida cherkov va papalar diniy hokimiyatining asoschisi hisoblanib, Rim papalari oʻzlarini Pyotr taxtining merosxoʻrlari deb daʼvo qiladilar. Xristianlik tarixi sohasida olib borilgan tadqiqot natijasida 12 apostolning koʻpi tarixiy shaxslar emasligi aniqlangan. Ular toʻgʻrisida aniq tarixiy maʼlumotlar yoʻq.
Xristian dini taʼlimotiga koʻra, havoriy Pavel (asl ismi Saul, Savl -“soʻrab olingan”) asli Kichik Osiyolik (hozirgi Turkiya) boʻlgan. 5-67 yillar oraligʻida yashaganligi taxmin qilinadi. U dastlab Iso a.s. va uning izdoshlariga qarshi kurash olib borgan. Keyinchalik oʻzi Iso a.s. taʼlimotini qabul qilgan va uning izdoshlaridan biriga aylangan. Nasroniylikda u havoriy Pyotr darajasidagi ahamiyatli shaxslardan hisoblanadi. Pavelning 14 ta “Noma, maktublari” bibliya yangi ahdining asosiy qismini tashkil etadi. Quddusda hibsga olinib, Rimga olib ketiladi va taxminan 67 yil 29 iyunda qatl etiladi.
Tayyorladi: Imomov Xurshid

Report Page